O'zbekiston — quyoshli mamlakat, yilning istalgan faslida go'zal. Bahor va kuz — "baxmal mavsum": ushbu davrda tabiat go'zalligidan bahramand bo'lib, mashhur diqqatga sazovor joylarni ko'rish va Buyuk ipak yo'li marshrutlari bo'ylab sayohat qilish mumkin.
Qishda mamlakatdagi to'rtta tog'-chang'i kurortlaridan biriga borish, shaharda muzey va san'at galereyalarini ko'rish mumkin; bahorda etnik festivallarga tashrif buyurish, yozda esa shahar tashqarisiga yoki tog'larga chiqib, sayohat qilish mumkin.
Iqlim asosan issiq va quruq: eng sovuq oyda harorat -6°C dan pastga tushishi, eng issiq paytda esa 32°C dan yuqoriga ko'tarilishi mumkin. Yozgi "chilla" 20-iyundan avgust boshigacha, qishki "chilla" esa dekabr o'rtasidan yanvar oxirigacha davom etadi.
Samolyot — O'zbekistonga eng tez yetib borish yo'li. Asosiy aeroport — Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport. Asosiy aviakompaniya "Uzbekistan Airways" dunyoning 40 dan ortiq shahriga muntazam reyslar amalga oshiradi.
Poyezd — mashhur "Afrosiyob" tezyurar poyezdi Toshkent–Samarqand–Buxoro yo'nalishida kuniga 2 marta qatnaydi, qulay va tez.
Toshkent metropoliteni — kuniga 06:00 dan 00:00 gacha ishlaydi, har bir bekat o'ziga xos san'at galereyasi hisoblanadi.
Shuningdek, shaharlararo va shahar avtobuslari, marshrut taksilar, taksi xizmatlari (Yandex.Taxi, My Taxi) va avtomobil ijarasi orqali ham erkin harakatlanish mumkin.
Bugungi kunda O'zbekistonning 50 dan ortiq davlatda o'z diplomatik vakolatxonalari mavjud, shuningdek 60 dan ortiq davlat mamlakatimizda o'z vakolatxonalarini ochgan.